<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
.Am                Dm
 Fikrni yangilang, Ayting dur soʻzlar
. G    C          Am
 Masihiy birodar, Ne uchun boʻzlar?
.Am                Dm
 Gunohdan ozodmiz, Chaqnasin koʻzlar
. G        C         Am
 Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!
.Am               Dm
 Bilardi Xudoyim, Ojiz bandamiz
.E                    Am
 Goho qaygʻu boʻlsak, Goho xandamiz.
.Dm          Am
 Rabbimsiz asli biz, Parokandamiz
.Am                     Dm
 Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!

[C1]
.  F        G
   Alfadir bir Oʻzi, Omega Oʻzi!
.  C           Am
   Kalomi tirikdir, Tirikdir Soʻzi.
.  Dm           Am
   Gunohkor boʻlsakda, Bizlarda koʻzi
.   E       Am
   Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!

[V2]
 Muqaddas Qonini, Toʻkkan U xochda
 Yuvdi gunohlarin, Ham toʻqda, ochda.
 Laʼnatlar mixlangan, Qonli yogʻochda
 Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!

[V3]
 Biz yangi ijodmiz, Yangi bir odam
 Yangi fikrlarga, Toʻlsin bu olam.
 Masihning qoni-la, Boqmoqda Egam
 Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!

[V4]
 Hamdu sano aytib, Keltiring shukur
 Kamtar boʻling sira, Boʻlmangiz magʻrur.
 Xudoning oldida, Imon bilan tur
 Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!</lyrics>
<title>Solihmiz bizlar</title>
<key>Am</key>
<author>Ravshan Xizirov, Timoʻtiy</author>
</song>